Jig'ildon qaynashining sabablari nima va qanday qilib oldini olish mumkin?

0

Ahadjon Abduhalilov, sog'lom turmush targ'ibotchisi
Jig'ildon qaynashi – bu ko'krak qafasi, to'sh suyagining orqasida yoki qorinning yuqori qismida hosil bo'lgan yonish hisi.

Sabablari: diafragma churralari, surunkali gastrit, oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi, homiladorlik, ayrim dori vositalarini (masalan: aspirin, ibuprofen) qabul qilish.

Yuzaga keltiruvchi omillarning asosi oshqozon va qizilo'ngach orasidagi to'siqning ochilib qolishi sababli oshqozondagi kislotali muhitning qizilo'ngachga o'tib, yonish hisini paydo qilishidir.

Oldini olish uchun:
Ortiqcha ovqatlanmaslik;
Taomning juda issiq yoki sovuq bo'lmasligi;
Kechki ovqatni uyqudan kamida 2 soat oldin tanovul qilish;
Yog'li, qovurilgan ovqatlar va spirtli ichimliklar iste'molini kamaytirish lozim.

Sog'lom hayot

loading...