O'zbek sporti afsonasi Xalqaro olimpiya qo'mitasiga a'zo bo'lishi mumkin

0

Ikki kun davomida, ya'ni 20-21 iyul kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida Xalqaro olimpiya qo'mitasining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha  unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi vakillari ham ishtirok etgan.

Yig'ilishning ilk kunida bir qator masalalar muhokama qilingan.

Unda O'zbekiston sport tarixida ilk bor mamlakat vakilasi, 1991 yildan buyon jahon va qit'a chempionatlari, Olimpiya va Osiyo o'yinlarida o'ziga xos rekord o'rnatgan o'zbek sport afsonasi Oksana Chusovitina Xalqaro olimpiya qo'mitasining sportchilar komissiyasiga a'zo bo'lish imkoniyatiga ega bo'lgan.

Ma'lumot o'rnida, XOQning sportchilar komissiyasi 17 kishidan iborat. Shu kunlarda mazkur komissiya a'zolarining 4 nafari o'z vakolatini topshirgan. Bo'shab qolgan o'rinlar uchun dunyo miqyosidagi 30 nafar yetakchi atletlar nomzodi ilgari surilmoqda. Komissiya a'zoligiga nomzod sportchilar, sobiq atletlar shu kunlarda Yaponiyaga taklif etilgan. Ovoz berish jarayoni esa shu yil 3 avgustgacha davom etadi.

minsport.uz

loading...