O'zbekistonda 23 iyul kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma'lum bo'ldi

0

«O'zgidromet» xizmati 23 iyul, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi

Unga ko'ra, Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–24 daraja iliq, kunduzi 38–40 dajara issiq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja iliq, kunduzi 38–43 daraja issiq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja iliq, kunduzi 37–42 daraja issiq bo'ladi.

ToshkentSamarqandJizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja iliq, kunduzi 37–42 daraja issiq bo'ladi.

QashqadaryoSurxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–27 daraja iliq, kunduzi 38–43 daraja issiq bo'ladi.

AndijonNamangan va Farg'ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja iliq, kunduzi 33–38 daraja issiq bo'ladi.

Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida esa havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, ba'zi joylarida qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14–19 daraja iliq, kunduzi 26–31 daraja issiq bo'ladi.

loading...