Andijonda erkak itlarni saqlab, o'z sog'lig'i uchun so'yib iste'mol qilib kelgani ma'lum bo'ldi (VIDEO)

0

Andijon shahrida erkak itlarni saqlab, ularni so'yib iste'mol qilib kelgani ma'lum bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, tarmoqlarda erkak uyida it saqlayotgani aks etgan video tarqalgan. Shundan so'ng mas'ullar vaziyatni o'rgangan. Uning natijasiga ko'ra video bir oy oldin olingani aniqlangan va fuqaro shahardagi mahallalarning birida, o'z uyida itlarni saqlab kelgani ma'lum bo'lgan. Uy tekshirilganda u yerdan 12 ta it, itlarning suyagi va go'shti aniqlangan.

Fuqaro itlarning go'shtini hech qaerda sotmagani, ularni o'z sog'ig'i uchun iste'mol qilgani aniqlangan. Holat bo'yicha fuqaroga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

loading...