Bugun O'zbekistonda 42 daraja issiq bo'ladi

0

O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko'ra, bugun kunduz kuni O'zbekistonda havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 37-42° atrofida bo'ladi.

Poytaxtimizda yog'ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 38-40° gacha isiydi.

Tog' oldi va tog'li hududlarda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 26-31° bo'ladi.

Kutilayotgan mahalliy yomg'irlar hisobiga 23 iyul kuni respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.

 

loading...