Turk aktrisasi Vahide Perchin ekranlarga qaytmoqda

0

Tajribali va ajoyib turk aktrisasi Vahide Perchin kuz mavsumida ekranlarga qaytishga tayyorlanmoqda, deb xabar bermoqda «KinoTeka» nashri.


Muvaffaqiyatli aktrisa «Muhtasham yuz yil», «Onam», «Uni Feriha deb chaqirardi» kabi seriallarda suratga tushgan. So'nggi seriali «Zuleyha» bo'lib, unda aktrisa Xunkar Yaman ismli irodali qahramoni bilan tomoshabinlar mehrini qozongan. Vahide Perchin o'ziga va yana bir sevimli ishiga vaqt ajratishni xohlagani sabab 2020 yilning oxirida serialni tark etgandi. Bir necha yil oldin u sobiq eri Altan Go'rdum bilan yosh aktyorlarni tayyorlash akademiyasi — Akademi 35,5 Sanat Evi’ni ochgan edi. Hozirda ularning akademiyasi yaxshigina obro'ga ega va juda mashhur.

Oradan olti oy o'tib, aktrisa yana sahnaga qaytishni rejalashtirmoqda. Ma'lum bo'lishicha, aktrisa «Zuleyha» seriali bo'yicha Tims&B prodyuserlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Yangi mavsumda Vahide Perchin matonatli ayol obrazida namoyon bo'ladi.

loading...