Urgutda odamlar nega to'plandi?

0

Telegram orqali fuqarolarni haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilib, qamoqqa olindi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 21 iyul kuni Urgut tumani «Do'stlik» mahallasida yashovchi 1989 y.t. fuqaro Sh.Sh. Telegram internet tarmog'idagi guruhda, guruh a'zolarini haqoratlagan video murojaatini joylashtirib, fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan taxqirlagan.

Haqoratli videoni ko'rgan guruhdagi ayrim fuqarolar Sh.Sh. haqoratli so'zlari uchun kechirim so'rashini talab qilib, uning yashash xonadoniga borishgan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, fuqaro Sh.Sh.ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Sh.Sh.ning yashash manziliga kelib, janjal ko'targan barcha fuqarolarning shaxsiga  aniqlik kiritilgan. Jamoat tartibini buzgan har bir fuqaroning harakatlariga qonuniy tartibda baho beriladi.

Shu o'rinda o'zboshimchalik bilan, qonunda belgilanmagan tartibda boshqa bir fuqaroni “samosud” qilish yoki shu kabi harakatlarga urinish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishini eslatib o'tamiz», deyiladi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

loading...