AQSh Afg'onistonda xavfsizlikni ta'minlash uchun 3 mlrd dollardan ko'proq mablag' ajratadi

0

AQSh prezidenti Jo Bayden Afg'oniston davlat rahbari Ashraf G'ani bilan telefon orqali suhbat qilgan. Suhbat davomida Bayden Afg'oniston xavfsizlik kuchlarini qo'llab-quvvatlashda davom etilishi, prezident administratsiyasi 2022-moliyaviy yilda Kongressdan mazkur maqsadlar uchun 3,3 milliard AQSh dollari ajratishni so'raganini aytib o'tgan. Bu haqda «Kommersant'» xabar qildi.

Afg'onistondagi vaziyat NATO qo'shinlari ham mamlakatdan olib chiqila boshlanganidan keyin yanada murakkablashgandi.

«Ikki davlat rahbarlari xavfsizlik va tinchlikni ta'minlash uchun Afg'onistondagi ikki tomonning o'zaro birlashuvi juda muhim ekanligini muhokama qilgan. Prezident Bayden AQShning Afg'onistondagi vaziyatni siyosiy tomondan tartibga solish bo'yicha diplomatik ishtirokini davom ettirishini ta'kidlab o'tgan»,— deyiladi Oq uy bayonotida.

Shuningdek, Jo Bayden AQSh Afg'oniston xavfsizlik kuchlariga ko'mak berish ishlari davom ettirilishini ham tasdiqlagan. Oq uy xabariga ko'ra, 2022-moliyaviy yilda mazkur maqsadlar uchun Afg'oniston qurolli kuchlariga Kongressdan 3,3 milliard dollar ajratish so'ralgan. Mablag'ning 1 milliard dollari Afg'oniston harbiylarini yonilg'i va harbiy qurollar bilan ta'minlashga, 700 million dollari ularning maoshiga sarflanishi ko'zda tutilgan. AQSh prezidenti Kongressdan Afg'onistonning rivojlanishi va boshqa nogumanitar yordam uchun qo'shimcha 364 million dollar ajratishni so'ragan.

Jo Bayden va Ashraf G'ani o'zaro muloqot vaqtida «Tolibon»ning hujumlari mamlakatdagi vaziyatni muzokaralar yo'li bilan hal etilishi haqidagi mazkur guruhning bayonotiga zid ekanligini qayd qilgan.

loading...