Jizzax va Namanganda “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkiloti tarafdorlari qo'lga olindi

0

2021 yilning 16 iyul kuni, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, Jizzax va Namangan viloyatlarida yashovchi “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkiloti g'oyalarini qo'llab-quvvatlab kelayotgan noqonuniy guruh a'zolari ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi. Bu haqda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xabar qildi.

Mazkur shaxslar Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarga qaramasdan, o'zlarining g'arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun jinoiy til biriktirib, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag'darish va islomiy “xalifalik davlati” qurish maqsadida aholi orasida faol targ'ibot ishlarini olib borishgan.

Xususan, Namangan viloyatida yashovchi, muqaddam ushbu tashkilot safida faoliyati uchun jazo muddati o'tab ozodlikka chiqqan shaxslar hukumat tomonidan ko'rsatilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy yordamlarga qaramay, sodir etgan qilmishlaridan o'zlariga to'g'ri xulosa chiqarmasdan, ekstremistik faoliyatlarini davom ettirib kelgan. Ushbu shaxslar o'zaro jinoiy til biriktirib, “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkiloti g'oyalarini qo'llab-quvvatlab, yashirin ravishda ushbu tashkilot materiallari va buzg'unchi g'oyalarini aholi orasida faol targ'ib qilib kelganligi aniqlandi.

Shuningdek, tadbir davomida Jizzax viloyatida yashovchi muqaddam “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkiloti safidagi faoliyati uchun jazo muddatini o'tab chiqqan shaxslar, o'z farzandlariga ham tashkilot g'oyalarini singdirib kelganligi, natijada ularning farzandlari tomonidan yashirin jinoiy guruh tashkil etilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tashkilotning xorijda bo'lgan da'vatchilari tomonidan tayyorlangan audio-video materiallarni tarqatib kelinganligi ma'lum bo'ldi.

Hozirda, faoliyatiga chek qo'yilgan noqonuniy guruh a'zolariga nisbatan surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...