Pishirish shart bo'lmagan tort

0

Mazkur tort oila a'zolaringiz, ayniqsa, bolalaringiz uchun sevimli bo'lishiga shubha yo'q. Shirinlik ustini kokos qirindisi bilan bezasangiz ham bo'ladi.

 

Kerakli mahsulotlar:

qaymoq 33 foizli — 300 g;
shokolad pastasi — 100 g;
sendvich uchun oq non — 5-6 dona;
sut — 3-5 qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:

Shokoladga qaymoq solib, mikserda yaxshilab aralashtiring.
Nonni faqat yumshoq qismini qoldirib, chetlarini olib tashlang.
Tarelkaga kremdan biroz solib, ustiga non qo'ying.
Ustidan sut surtib, qalin qilib krem bilan qoplang.
Chetlari ham krem bilan qoplanishi kerak.
Ushbu ketma-ketlikni takrorlang.
Eng ustki qismi krem bilan qoplansin.
Tayyor bo'lganidan keyin muzlatkichda qoldiring.

loading...