Prezident bilan ochiq muloqot: hech bir murojaat e'tiborsiz qoldirilmaydi

0

Hurmatli tadbirkorlar!

Tadbirkorlikni qo'llab quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatiga Davlat aralashuvini imkon qadar cheklash borasida so'nggi yillarda qator islohotlar amalga oshirilayotgani hech kimga sir emas.

Aynan xususiy tadbirkorlikni Davlat tomonidan qo'llab quvvatlash maqsadida xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining talablaridan kelib chiqqan holda Biznes ombudsman  instituti joriy etildi.  Shuningdek  bevosita Bosh Vazirga bo'ysunuvchi tadbirkorlarning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha har bir tuman va shaharda Bosh Vazir qabulxonalari tashkil etildi. Bundan tashqari aynan shu yo'nalishda Savdo sanoat palatasi va bir   necha  jamg'arma va agentliklar faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Shu bilan birga aynan shu yo'nalishlarda kelib tushayotgan murojaatlar tahlili sohada ayrim tadbirkorlarning individual muammolaridan tashqari hali ham o'z yechimini topmagan tizimli muammolar mavjudligini ko'rsatmoqda. Xususan tadbirkorlar faliyatini Davlat organlari tomonidan nazorat qilishdagi muammolar, soliq tizimidagi qo'shilgan qiymat solig'ini amaliyotga joriy etishda yuzaga kelayotgan  tushunmovchiliklar,  bank kreditlarini uzaytirish va mijozlarga individual yondoshuv tizimining yo'qligi,  yer maydonlari ajratish va   kommunikatsiya tarmog'iga ulanishdagi muammolar shular jumlasidandir.

Hech kimga sir emas, ayrim muammolar shaxsan  Davlat rahbari tomonidan ko'tarilib nazoratga olingandan so'nggina o'z yechimini topmoqda.

Tadbirkorlarning iqtisodiyot va jamiyatda tutgan o'rni, ularga bo'lgan e'tibor natijasi o'laroq  yaqin kunlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu tadbirda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari, Respublikada biznes muhitini yanada yaxshilash bo'yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilish ko'zda tutilgan.

Shu munosabat bilan  Biznes ombudsman, tadbirkorlik murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonalari, Savdo sanoat palatasi va ularning hududiy bo'linmalarida 11-00 qisqa raqam  va  (71) 238-52-52, (78) 150-60-06, (71) 202-09-06 telefon raqamlari shu tashkilotlarning internet tarmoqlari orqali  tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha  o'z takliflaringizni yetkazish mumkin.

Hech  bir murojaat e'tiborsiz qoldirilmasdan  individual  yoki umumlashgan tarzda ochiq muloqotga kiritilishi  rejalashtirilgan.

Biznes Vakil Devoni

matbuot xizmati

loading...