Samarada majburiy ishlatilgan fuqaro O'zbekistonga qaytarildi

0

Qoraqalpog'istonlik G.J. oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sababli 2021 yil aprel oyida tanishlari orqali Rossiyaning Samara shahriga ishlash maqsadida ketgan.

Fuqaroning pasporti olib qo'yilib, qurilish sohasida majburiy ishlatilayotganligi to'g'risida yaqin qarindoshlari tomonidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatga asosan, tezkorlikda fuqaroning pasporti ish beruvchidan olib berildi.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan vaqtincha xostelga joylashtirildi va joriy yilning 24 iyul kuni Samara-Moskva-Urganch yo'nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.

loading...