Tojikiston va Qirg'iziston chegarasida otishma sodir bo'ldi

0

Qurolli mojaro Chorkux jamoatining aholisi Qum-Mozor hududida ko'ngilli tozalash ishlarini o'tkazmoqchi bo'lganlaridan keyin sodir bo'lgani aytilmoqda.

«Hudud aholisi shanbalikka bormoqchi bo'lganida, qirg'iz chegarachilari bunga yo'l qo'ymagan. Ular o'z fuqarolarini qo'zg'atib, bizning fuqarolarga tosh otishni boshlashgan va ularning chegarachilari bizning fuqarolarimizga o'q uzgan», — deydi RIA Novosti suhbatdoshi.

Uning so'zlariga ko'ra, tojik chegarachilari o'q otishga majbur bo'lishgan, har ikki tomondan otishma 10 daqiqa davom etgan.

24.kg ma'lumotlariga ko'ra, Tojikiston tomoni Qirg'iziston tomonining «ishni to'xtatish haqidagi talablariga bo'ysunmagan».

loading...