Toshkent shahar IIBB Jahongir Otajonov ustidan sudga murojaat qildi

1

Avvalroq, internet ijtimoiy tarmog'ida Jahongir Otajanov Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarini haqorat qilgan videomurojaatini joylashtirgan edi va holat yuzasidan poytaxt IIBB munosabat bildirib, holatga tegishli tartibda huquqiy baho berilishini ma'lum qilgan edi.

Ayni  paytda IIBB Axborot xizmatining xabar berishicha Otajonov ustidan sudga murojaat qilingan.

Ma'lum qilinishicha, J.Otajanovning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, u yuqoridagi videomurojaatida aytib o'tgan haqoratli gaplarni jahl ustida aytganligini, Respublika hukumati va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati yo'qligini ta'kidlab, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

J.Otajanovning qilmishida O'zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi (“Haqorat qilish”)da ko'rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli to'plangan hujjatlar 23.07.2021 yilda jinoyat ishlari bo'yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etildi.

darakchi.uz

loading...

1 TA FIKR

Comments are closed.