Toshkentda turli xavfli manyovrlar bilan harakatlagan «Lasetti» bir nechta mashinaga kelib urildi (video)

0

Joriy yilning 22 iyul kuni soat 17:30larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Mirzo Ulug'bek ko'chasida bir nechta mashina ishtirokida YTH sodir bo'ldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, haydovchi, 1998 yilda tug'ilgan N.Yu. «Lasetti» rusumli avtomobilni turli xavfli manyovrlar bilan boshqarib borib, Feruza ko'chasi bilan kesishgan chorrahaga yetgan vaqtida, svetoforning qizil chirog'ida to'xtab turgan haydovchi, 1963 yilda tug'ilgan S.A. boshqaruvidagi «Spark» rusumli hamda haydovchi, 1987 yilda tug'ilgan O.Q. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomobillarga to'qnashgan.

To'qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo'q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

loading...