Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Xalqobod mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilib, noma'lum shaxs turar-joyi yotoqxonasida bo'lgan uyali aloqa vositasi hamda 700 ming so'm pulini o'g'irlab ketganligini bildirgan.
Soha xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat jabrlanuvchining mahalladoshi tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
Ayblanuvchidan uyali aloqa vositasi va 300 ming so'm pul hujjatlashtirib olingan.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati