O'zbekistonlik 2 nafar tennischi kelishilgan o'yinlar sababli diskvalifikatsiya qilindi

0

Tennisda halollikni ta'minlash xalqaro agentligi (ITIA) 2019 yilda bo'lib o'tgan turnirda kelishilgan o'yinlar bo'yicha o'tkazilgan tergovdan so'ng, o'zbekistonlik ikki tennischi Temur Ismoilov va Amal Sultonbekovning sportdan chetlatilganligini tasdiqladi.

Avvalgi tergovdan so'ng 7 yilga sportdan chetlatilgan Ismoilov endi 21 iyuldan boshlab bir umrga sportdan chetlatildi va qo'shimcha ravishda 14 ming dollar jarimaga tortildi. Sultonbekov besh yilga chetlatilib, 8000 dollar miqdoridagi jarimaga tortilgan.

Qoidabuzarliklar orasida biror kishini o'yin natijasiga ta'sir o'tkazishga undash, o'yin natijasiga ta'sir o'tkazishga rozi bo'lish, o'yin natijasiga ta'sir o'tkazish uchun pul yoki boshqa foyda olish kabi holatlar bor.

darakchi.uz

loading...