Yana bir «sezon» chilar ushlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o'tkazdi.

Unda, fuqaro R.A. boshqa bir fuqaro O'.ni 23000 AQSh dollari evaziga Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining huquqshunoslik fakultetiga yoki 4000 AQSh dollari evaziga jismoniy tarbiya fakultetiga o'qishga kiritib quyishga ishontirib, oldindan 10000 AQSh dollari va 40 mln so'mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Beshariq tumani bo'limlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. fuqaro M.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 1000 AQSh dollari evaziga Qo'qon davlat pedagogika institutining psixologiya fakultetiga o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilib, oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Dang'ara tumani bo'limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, “B.S.” nodavlat ta'lim muassasasi rahbari A.A. fuqaro G.ning ishonchiga kirib, uni Qo'qon pedagogika institutiga 2500 AQSh dollari evaziga o'qishga kiritib qo'yishini aytib, oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...