Avval xabar berganimizdek, Mahsulotlarning (tovarlar va xizmatlarning) yagona elektron milliy katalogi bazasida mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlari 17 raqamliga o'tkazilmoqda.
Hozirda yuqori likvidli mahsulotlar, dori vositalari, tamaki va alkogol mahsulotlari hamda boshqa mahsulot va xizmatlar uchun 15 mingdan ortiq identifikatsiya kodlari yaratildi.
Joriy yilning 26 iyul sanasidan 5, 8 va 11 xonali MXIKlarni tanlanganlar (izbrannыy)ga saqlash imkoni cheklanib, 1 avgustdan ulardan foydalanish to'liq to'xtatiladi.
1 avgustga qadar, barcha tadbirkorlik sub'yektlari tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali o'zlariga tegishli bo'lgan mahsulot va xizmatlar uchun 17 ta raqamli MXIKlarni saqlab olishlari lozim.
tasnif.soliq.uz portalida mahsulot yoki xizmat turi uchun MXIK topilmagan taqdirda, saytdagi chat yoki 1198 qisqa raqami orqali murojaat qiling. Mahsulotga tegishli MXIK yaratilib, 24 soat ichida portalga joylashtiriladi.
Eslatma. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi 489-son, 2021 yil 28 apreldagi 249-son qarorlariga muvofiq MXIK kodlari elektron hisobvaraq-fakturalar, elektron shartnomalar hamda onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklarida aks ettirilishi shart.
Muhim! MXIK kodlarini EHF, onlayn-NKM (virtual kassa) cheklari hamda elektron shartnomalarda noto'g'ri ask ettirish, ma'lumotlarni xato shakllanishiga, xarid (kirim) qilingan va sotilgan mahsulotlarni nomunatanosibligiga olib keladi.