Buxoroda 22 yoshli qiz o'zidan 12 yosh katta erkakni tuzog'iga ilintirdi

0

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida virtual firibgarlik va o'g'irlik jinoyatlari haqida qator targ'ibot va tashviqot ishlari olib borilib, fuqarolarimiz ogohlikka chaqirilmoqda.

Biroq ushbu ogohlantirishlardan o'zlariga tegishli xulosa chiqarmagan, oson boylik orttirishni maqsad qilgan ayrim fuqarolarimiz firibgar va o'g'rilarning “qarmog'iga” ilinmoqdalar.

Jumladan, 2021 yilning 5 iyun kuni soat 23:53 larda, Kogon shahar Buxoroshoh ko'chasida yashovchi, 1999 y.t. O.G. ismli qiz, o'z uyidan turib, Olot tumani Muxtor mahallasida yashovchi, 1987 y.t. Q.S. ismli yigit bilan telegramm tarmog'i orqali bog'lanib, unga “Asaka bank” orqali oylik ish xaqisiz, kafilsiz, 5 foiz ustama to'lov bilan 12.000.000 so'm pulni qarzga olib berishni va'da qilib, garov sifatida oldindan 10 foiz pulni plastik kartasiga o'tkazib berishga ishontirib, Q.S.ning plastik karta maxfiy kodi va raqamini olishga erishib, kartada mavjud jami 1.100.000 so'm pullarni yechib olib firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O.G.ga nisbatan Kogon shahar IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, ushbu shaxsning viloyatimiz boshqa hududlari, qolaversa respublikamiz bo'ylab boshqa shu kabi sodda fuqarolarga nisbatan ham firibgarlik yoki o'g'rilik jinoyatlarini sodir qilgan-qilmaganligini aniqlash borasida dastlabki tergov, tezkor-texnik va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

loading...