FVV qutqaruvchilari tomonidan Olmazor tumanidagi oshxonalardan birida yuzaga kelgan yong'in bartaraf etildi

0

Bugun, 26 iyul kuni soat 13:14da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Olmazor tumani Ahmad Donish ko'chasida joylashgan “Zamondosh” oshxonasida yong'in sodir bo'layotganligi to'g'risida xabar kelib tushdi.

 

FVV axborot xizmati ma'lum qilishicha, qisqa vaqt ichida vzirlikning 5 ta yong'in-qutqaruv guruhi voqea joyga jalb etildi. Binoning taxminan 400 kv.metr maydoni yong'indan zararlangan.

 

Yong'in soat 13:33da o'rab olindi va soat 14:31 batamom o'chirildi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yetib borgan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo'lganlar to'g'risida ma'lumot kelib tushmadi.

 

Manba: Rasmiy_xabarlar_Official

loading...