IIBB «Qizilsoyda cho'milgan ayol samosud qilindi» videosiga izoh berdi

0

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qizilsoyda cho'milgan ayol samosud qilindi» sarlavhasi bilan video tarqaldi.

Toshkent viloyati IIBB matbuot kotibi xabariga ko'ra, mazkur holat Parkent tumani IIB tomonidan 2021 yil 20 iyul kuni ro'yxatga olingan.

Unga ko'ra, Parkent tumani, Nevich mahallasida yashovchi 1984 yilda tug'ilgan fuqaro M.M.(ayol) mahalla hududidan oqib o'tuvchi «Qizilsoy» soyida cho'milayotgan 1987 yilda tug'ilgan fuqaro D.G.(ayol)ni yoniga borib, bu suvdan iste'mol qilishlarini aytgan va u bilan janjallashib, D.G.ning egnida bo'lgan kiyimlarini zo'rlik bilan yechib tashlagan. Uni urib-tepib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismi va 140-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...