Irrigatsiya instituti rektori O'ktam Umrzoqov vafot etdi

0

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori Umrzoqov O'ktam Pardayevich bugun, 26 iyul kuni vafot etdi.

Kun.uz manbalariga ko'ra, 69 yoshli professor Moskvada, jigar sirrozi va koronavirus tufayli yuzaga kelgan pnevmoniyadan davolanayotgan edi.

Iqtisod fanlari doktori, professor O'ktam Umrzoqov Respublika oliy ta'lim kengashi raisi ham edi.

Kun.uz olimning yaqinlariga, xususan farzandi, bosh vazir o'rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqovga ta'ziya bildiradi.

Marhumning janozasi ertaga, 27 iyul kuni Toshkentda o'qiladi.

loading...