Jazirama kunda Olmaliqqa olib boruvchi yo'llarda o'tkazilayotgan hashar

0

Toshkent viloyati Olmaliq shahriga eltuvchi A-373 trassasida yalpi hashar o'tkazilmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda foto va videolar tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda ayollar katta yo'l bo'yini tozalayotgani, shuningdek, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishchilari gul ekayotganini ko'rish mumkin.

Foto: Telegram / «Oltin voha»
Telegram’dagi «Oltin voha» kanalining yozishicha, ayni paytda bosh vazir Olmaliq shahrida bo'lib turibdi. U 27 iyul kuni OKMK tasarrufida ochiladigan yangi ishlab chiqarish ob'yektini ko'zdan kechirmoqda. Ta'kidlanishicha, ob'yekt ochilishiga davlat rahbarining tashrif buyurishi kutilmoqda.

Avvalroq 24—26 iyul kunlari O'zbekistonga Eron hududlaridan quruq va issiq havo oqimining kirib kelishi kutilayotgani to'g'risida xabar berilgandi. Toshkent shahar hokimligi shu munosabat bilan aholidan zarurat bo'lmaganda ko'chaga chiqmaslikni so'ragan. «O'zgidromet» respublika hududida 26 iyul kuni ham anomal issiq saqlanib qolishini ma'lum qilgan.

 

Manba: Daryo.uz

loading...