Maktabgacha ta'lim tizimidagi ishlar muhokama qilindi

0

Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining Matbuot xizmati ma'lum qildi.

Unda Oliy Majlis Senati Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi a'zosi Manzura Salimova, mahalliy hokimiyat vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Maktabgacha ta'lim vazirining o'rinbosari U.Begimqulovning besh yil mobaynida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida hisoboti eshitildi. Qolaversa, vazirlikning yaqin kelajakdagi istiqbolli rejalari to'g'risida ma'lumotlar taqdim etildi.

Bundan tashqari, Oliy Majlis Senati a'zosi M.Salimova so'zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda ta'lim, shu jumladan, maktabgacha ta'lim tizimida olib borilayotgan sa'y-harakatlarga urg'u berdi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qamrov sonini oshirish, ta'lim sifatini yanada yaxshilash, malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda bolajonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish kabi qator masalalarga e'tibor qaratib, o'z takliflarini bildirdi.

Tadbirda Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari maktabgacha ta'lim bo'limlari rahbarlarining hisobotlari ham eshitildi.

 

loading...