​Tana harorati 38 darajagacha ko'tarilsa, nima qilish kerak?

0

Sevara Ubaydulleva, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi:

Tana harorati 38 darajagacha ko'tarilganda, quyidagilar tavsiya qilinadi:

-“Vitamin S” ga boy suyuqliklarni ichish, kuniga 3-4 litrdan ortiq suyuqlik ichish: limon, malina, na'matak choylar, oddiy qora yoki ko'k choylarni ichish kerak. Bu o'z o'rnida hujayra va to'qimalarni suvsizlanishining, qon quyulishining oldini oladi va tana haroratini tushiradi;

– Tomoq va burunni tuzli yoki choy sodali suyuqliklar bilan kuniga 8 martadan ortiq chayish;

-70 foiz spirtni iliqroq suv bilan ilitib tanani artish ham tana haroratini tushirishga yordam beradi.

Tana harorati 38 darajadan yuqori bo'lsa – yoshga mos ravishda:

-1 yoshgacha bolaga 100-125 mg,

-1 – 5 yoshli bolalarga 125-50 mg,

– 5 yoshdan kattalarga 500 mg bir martalik dozada “Paratsetamol” yoki “Ibuprofen” tabletkasi qabul qilinadi, xolos. Shu bilan birga, zudlik bilan oilaviy shifokor bilan bog'lanish kerak!

Oilaviy shifokor kelguniga qadar “Vitamin S” ga boy suyuqliklarni ko'proq, kuniga 3-4 litrdan ortiq suyuqlik ichish, ya'ni limon, malina, na'matak yoki oddiy qora yoki ko'k choylarni ichish talab etiladi.

Istisno holatlarda, agarda shifokor kelguncha 4-6 soatdan ortiq vaqt o'tsa, bu davrda tana harorati 38 darajadan yuqoriga qayta ko'tarilsa, “Paratsetamol”ni yana bir bor qabul qilish kerak.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

loading...