O'zbekistondan Turkiyaga ketayotgan fuqarolar diqqatiga!

0

Bosh konsulxonaga murojaat qilayotgan fuqarolarimiz orasida Turkiyaga sayyoh bo'lib kelib ma'lum bir muddatdan so'ng O'zbekistonga qaytmoqchi bo'lganlarning COVID-19 testlari natijalari “ijobiy” chiqayotganlar soni keskin oshib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi shu munosabat bilan Turkiyaga kelishni rejalashtirgan fuqarolarga quyidagilarni ma'lum qildi:

 

-Turkiyaning tegishli vazirlik va idoralari bayonnomalariga ko'ra, COVID-19 kasalligidan sug'urtalangan chet el fuqarolari tibbiyot muassasalarida bepul davolanish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ushbu virusning yengil shakli bilan kasallangan sayyohlar 10-14 kun davomida mehmonxonalarning maxsus xonalarida saqlanadilar va xarajatlar sug'urta hisobiga qoplanadi.

 

-Sug'urtaga ega bo'lmagan sayyohlar mehmonxonada turar joy uchun to'lovni o'z xisoblaridan koplaydilar yoki hududlardagi maxsus bepul karantin markazi(asosan talabalar yotoqxonalari)ga yuboriladi (misol uchun, Istanbul shahrida Maltepa tumanida joylashgan “Mimar Sinan” nomidagi yotoqxona karantin markazi sifatida xizmat qiladi).

 

-COVID-19ga chalingan sayyohlarning bepul karantin markaziga joylashtirish masalasi viloyat gubernatorligi tomonidan belgilanadi. O'z o'rnida, Turkiyaning Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko'ra, yangi o'quv mavsumi boshlanishiga tayyorgarlik munosabati bilan yaqin davrda ushbu markazlar yopilishi kutilyapti.

 

-COVID-19ga chalingan shaxslar 10-14 kundan so'ng PZR testini qayta topshirishlari va test natijasi “manfiy” chiqqan taqdirda uchib ketishlari mumkin bo'ladi. Virusni yuqtirgan davrdan to to'liq tiklanishgacha bo'lgan jarayon Turkiyaning «Hayat Eve Sığar» (HES-kod) dasturi orqali nazorat qilinadi.

 

-Yuqoridagilarni inobatga olib, Bosh konsulxona yana bir bor Turkiyaga kelishni rejalashtirgan fuqarolarimizga tibbiy sug'urta rasmiylashtirishlarini tavsiya qiladi hamda sug'urta agentlaridan koronavirus yuqtirish holatlarida aniq harakatlar tartibini o'rganishga chaqiradi.

loading...