Toshkentning Paxtakor klubi moliyaviy qo'llab-quvvatlanish to'xtatilgandan so'ng yulduzlaridan ayrilmoqda.
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, jamoani bu safar 33 yoshli shveysariyalik futbolchi Eren Derdiyok tark etdi. Futbolchi klubda tahminan 2,15 yevro olgan (2017 yilgi ma'lumot – tahr.).
Shveysariyalik futbolchining o'rniga klub serbiyalik Boyan Matich bilan shartnoma imzolagan. 30 yoshli futbolchi shartnoma tuzgunga qadar Partizan jamoasida to'p surgan. U o'tgan mavsumda 25 ta o'yinda bor yo'g'i 2 ta gol urgan. Eslatib o'tamiz, avvalroq klubga Alisher Usmonov homiylik qilishi aytilgan edi. Lekin, shu yildan boshlab klub yana poytaxt hokimiyati boshqaruviga topshirildi.