Rossiyaga chipta olib berishni va'da qilib, fuqarolarni aldagan shaxs javobgarlikka tortildi

0

Marg'ilon shahri. 2 iyul kuni S.X. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning mart oyida noma'lum shaxs ishonchiga kirib, o'zi va tanishlariga Rossiya Federatsiyasiga borish uchun arzon narhda aviya chipta sotib olib berishini aytib, 5.600 AQSh dollar pullarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan pullarni o'z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg'ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo'lmii tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.R. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

loading...