Test sinovlari qachondan boshlanadi?

0

O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni tasdiqlandi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko'ra, pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021-2022-o'quv yili qabulida oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021 yil 5 avgustdan boshlanadi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o'tkazilishi belgilandi.

Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o'tkaziladi va 1-smena 07:00 da, 2-smena 19:00 da boshlanadi.

loading...