O'zbekistonda futbol musobaqalari muxlislarsiz o'tkaziladi

1

O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan barcha futbol musobaqalari muxlislarsiz o'tkaziladigan bo'ldi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabariga tayanib Qalampir.uz xabar bermoqda.

“Mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan shu yinlning 5 iyul sanasida e'lon qilingan Respublika maxsus komissiyasining sport turlari bo'yicha musobaqalarni muxlislarsiz o'tkazish bo'yicha qarori asosida O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan barcha futbol musobaqalari muxlislarsiz o'tkaziladi”, deyiladi xabarda.

O'zbekiston superligasi bahslari joriy yilning 30 iyul kunidan boshlanadi va muxlislar o'yinlarga kiritilmaydi.

Ma'lumot o'rnida, 12-turdan so'ng Superliga jadvalida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi 32 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. 25 ochko to'plagan Olmaliqning OKMK jamoasi ikkinchi pog'onani egallab turibdi. Uchinchi va to'rtinchi o'rinda borayotgan Qarshining “Nasaf” hamda Jizzaxning “So'g'diyona” klubi hisobida 23 ochko mavjud.

loading...

1 TA FIKR

Comments are closed.