Yotib qolguncha otib qol! «Sezon» avjida

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali talabasi I.E. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni ushbu universitetga o'qishga kiritib qo'yish evaziga 54 mln so'mni firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtida ushlanib, uning ko'rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, I.E.ning sherigi yana bir talaba O.X. 42,4 mln so'mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Farg'ona viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.A. Namangan davlat universiteti talabasi I.P. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ni Qirg'iziston Respublikasidagi universitetlardan biriga Iqtisodiyot yo'nalishi bo'yicha o'qishga kiritish va 1-bosqichni tamomlaganligi haqida ma'lumotnoma tayyorlatib berish evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...