Maktabgacha ta'lim bo'limi xodimi 36 mln so'm pora bilan qo'lga tushdi

0

Ma'lum qilinishicha, Namangan viloyati Uychi tumanida maktabgacha ta'lim bo'limining davlat xaridlari va shartnomalari bo'yicha mutaxassisi A.E «Korobo» MChJ rahbari A.J.dan topshirgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun o'tkazib berilgan 385 million pul mablag'i evaziga 36 million so'm miqdoridagi mablag'ni pora tariqasida talab qilgan.

Ta'kidlanishicha, xodim «Korobo» MChJ rahbaridan 14,2 million so'm va 2 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotganda daliliy ashyolar bilan qo'lga olingan.

Hozirgi kunda mazkur mutasaddiga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi, 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tegishli choralar ko'rib chiqilmoqda.

loading...