MSK prezident saylovi logotipini taqdim etdi

0

Saylov logotipini yaratishda maxsus guruh 3 oy davomida ish olib bordi, yakuniy ko'rinishi 16 ta variant ichidan tanlab olindi, deb ma'lum qildi MSK matbuot markazi rahbari Sanjar Rashidov.

Guruhga mamlakatdagi barcha qatlamga mansub aholi vakillari va olimlar, psixologlar, san'atshunoslar, sotsiologlar jalb qilingani, xalqaro tadqiqotchilar va ekspertlarning ham xulosalari olingani aytildi.

 

“Dunyo tajribasi, xususan, Rossiya, AQSh, Fransiya, Koreya Respublikasi singari mamlakatlarning saylov o'tkazish borasidagi amaliyoti o'rganilganida ma'lum bo'ldiki, rivojlangan mamlakatlarning aksariyati o'z saylov kampaniyasini o'tkazish chog'ida foydalanadigan logotipida uchta jihat bo'lishiga alohida ahamiyat qaratar ekan. Bular – muayyan sana, hamma uchun bir xilda tushunarli ramz, davlat bayrog'ining rangi.

Asosiysi, logotip o'zi bilan zarur informatsiyani “tashishi” kerak”, – dedi Sanjar Rashidov.

loading...