Roma Eldor Shomurodovga qancha taklif qildi?

0

Avvalroq Italiyaning Roma klubi hamyurtimiz Eldor Shomurodovga qiziqayotgani haqida xabar qilingan edi.

Ma'lum bo'lishicha, Romaning taklifi jiddiy va ular 26 yoshli futbolchi uchun 15 mln yevro taklif qilmoqda. Jenoa klubi esa o'z navbatida hamyurtimizning boshqa klubga o'tishidan 20 mln yevro ishlab olmoqchi.

Ta'kidlanishicha, ikki tomon bildirayotgan taklif orasida farq katta bo'lmagani uchun bu transfer amalga oshish ehtimoli katta.

loading...