Toshkentda 17 yoshli piyoda “Nexia-2” urib ketishi natijasida vafot etdi

0

2021 yil 26 iyul kuni taxminan soat 18:30 da Yunusobod tumani Yangi Yunusobod ko'chasida 1993 yilda tug'ilgan Sardor X. “Nexia-2” (davlat raqami 10 V 568 VA) boshqarish davomida yo'lni belgilanmagan joydan kesib o'tayotgan piyodani urib yuborgan.  Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma'lum qildi.

YTH oqibatida piyoda – 2004 yilda tug'ilgan Amir T. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi, ammo tibbiyot xodimlarining sa'y-harakatlariga qaramasdan, hayotdan ko'z yumgan.

Mazkur fakt bo'yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov olib borilmoqda.

loading...