Velosiped o'g'risi qo'lga olindi

0

2021 yil 17 may kuni Marg'ilon shahar, Yorqin MFY, Mustaqillik ko'chasi 341-uyda yashovchi fuqaro M.S.Tojiboyev shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, o'z arizasida 2021 yil 17 may kuni soat 07:30 larda o'ziga tegishli bo'lgan 2.500.000 so'mlik velosipedini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirib noma'lum shaxsni aniqlab yetkazilgan zararni qoplashda amaliy yordam so'ragan.

Vazirlik TQHB va Farg'ona viloyati IIB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-texnik tadbirlari davomida ushbu jinoyatni, Marg'ilon shahar, Uvaysiy MFY, Toshkent ko'chasi, 14-uyda yashovchi 1987 yilda to'g'ilgan muqaddam bir nechi martda sudlangan  shaxs sodir etganligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi o'ta xavfli retsidivist bo'lgani sabab unga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV Tezkor qidiruv hamkorligi boshqarmasi

loading...