iPhone 14 Pro Apple’ning birinchi «titanli» smartfoniga aylanadi

0

JP Morgan Chase’ning Xitoydagi ofisi investorlarining ma'lum qilishicha, Apple kompaniyasi iPhone 14 Pro modellaridan titandan foydalanishga o'tadi. Gap to'liq titan korpus emas, balki ushbu metal bo'laklari ishlatilishi haqida ketayotgan bo'lishi mumkin, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Apple’ning titan bilan ishlash bo'yicha tajribasi bor. Kompaniya titan qotishmalaridan Watch Series 6 smart-soatlarining ayrim modellari va Apple Card kredit kartalarida foydalanib keladi.

Titan aksariyat metallarga nisbatan mustahkam (zanglamaydigan po'latdan kamida uch barobar), biroq shu bilan birga yengil. Ammo uning minus taraflari ham bor: titanda dog'lar tez paydo bo'ladi, bu esa qurilmaning jozibadorligiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Odatda ushbu muammo qotishmaga boshqa metall qo'shish bilan hal etiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, titandan faqat iPhone 14’ning Pro-modellarida foydalaniladi. 2022 yilgi lineykada ikkita 6,1 dyuymli hamda ikkita 6,7 dyuymli iPhone paydo bo'ladi. Kompaniya iPhone 14 mini’ni ishlab chiqarishdan voz kechadi.

loading...