Kredit qarzdorlik to'lanmagach garov mulki savdoga chiqarildi

0

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo'limi ish yurituvida Samarqand shahar iqtisodiy sudining 2021 yil 12 martdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Super Sihat Farm” ma'suliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi XATB “Orient Finansbank” foydasiga jami 1 mlrd. 503 mln. 49 ming so'm kredit qarzdorligi undirish, undiruv kredit ta'minoti sifatida garovga qo'yilgan boshlang'ich sotuv bahosi 1 mlrd. 723 mln. 750 ming so'm etib belgilangan qarzdorga tegishli bo'lgan Samarqand shahar, Kimyogarlar qo'rg'oni, Zavod ko'chasi, 3-A uyda joylashgan maktabgacha ta'lim muassasasiga qaratish to'g'risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati O'zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yurituvi qo'zg'atilib, qarzdorga ixtiyoriy o'n besh kunlik muddat berilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor “Super Sihat Farm” ma'suliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo'lgan maktabgacha talim muassasasi binosi mol-mulkni savdoga chiqarish maqsadida xatlangan va undiruvchi bank xodimiga topshirilgan.
Majburiy ijro xarakatlari davomida qarzdor “Super Sihat Farm” ma'suliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo'lgan maktabgacha talim muassasasi binosi O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi elektron onlayn-auksionlarini tashkil etish markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun savdoga chiqarilgan va mazkur mol-mulkning savdosi 2021 yil 26 iyul kuni etib belgilangan.

loading...