Ko'k choydan ko'proq iching!

0

O'rik, xurmo qaynatmasi (sharbati) insonga foydaliligi jihatidan dunyodagi barcha ichimliklardan ustun turadi. Ammo yana bir ichimlik borki, biz uni har kuni ichsak-da, foydasini u qadar yaxshi bilmaymiz. Bu – ko'k choydir. Quyidagi ma'lumotlarni o'qiganingizda, uni yanada ko'proq iste'mol qilishingizga ishonchimiz komil.

Ko'k choy ovqatni parchalaydi, hazmni tezlashtiradi;

tashnalikni qondiradi, ichni ravon yurgizadi;

asabni tinchlantiradi;
buyrak faoliyatini yaxshilaydi;

charchoqni ketkazib, xotirani mustahkamlaydi;

qonni suyultirib, tomirlarni kengaytiradi, qon yurishini ravonlashtiradi;

nafas olishni yaxshilab, balg'amni ko'chiradi;

badan, yuz terisini tarang qilib, ajinlarni yo'qotadi;

qand kasalligi, teri xastaliklari, sariq kasalligi, qon bosimi, og'iz bo'shlig'i yaralari, oftob urishi va boshqa xastaliklarni muolaja qilishda ham ko'k choy beminnat davodir.

SoglomHayot

loading...