Tirnoq zamburug'ining davosi bormi?

0

Tirnoq zamburug'i – bu onixomikoz bo'lib, tirnoq plastinasining zararlanishi hisoblanadi. Eng ko'p uchraydigan sababchisi bu dermatofit zamburug'lardir.

Belgilari: qichishish, tirnoq shaklining o'zgarishi, badbo'y hid, noxush sezgi, tirnoq atrofidagi to'qimaning yallig'lanishi, og'riq, tirnoqning qalinlashishi, notekisligi, sinuvchan bo'lishi, rangining o'zgarishi.

Davolashda dermatolog ko'ruvidan so'ng, zamburug'ga qarshi sprey, krem, maz yoki ichiladigan dorilar tavsiya qilinadi.

❗️Bu kasallikni davolayotganda reinfeksiya, ya'ni qayta yuqtirib olishdan ehtiyot bo'lish zarur. Bunda oyoq kiyim, sochiq, qo'lqop, hammom hamda ko'rpa-to'shaklarni doimo dezinfeksiya qilish kerak. Buning uchun sizga olma sirkasi, propolis, choy daraxti yog'i yoki zamburug'ga qarshi kukunlar, spreylar va aerozollar yordam beradi.

 

loading...