Uchtepalik ota aliment uchun 100 mln. so'm to'lab berdi

0

Majburiy ijro byurosi Uchtepa tuman bo'limi ish yurituvida mavjud bo'lgan, fuqarolik ishlari bo'yicha Uchtepa tumanlararo sudining 30.06.2010 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor D.S.dan undiruvchi N.G. foydasiga ikki nafar farzandining ta'minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qism miqdorida aliment undirish to'g'risiagi ijro xujjati mavjud bo'lib, davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo'zg'atilgan.
Qarzdor D.Saxiyev ijro xujjatida ko'rsatilgan aliment pullarini yillar davomida to'lamay kelgan bo'lib, qarzdorlik 2010 yildan to 2021 yil dvari uchun jami 110.000.000 so'mni tashkil qilgan. Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari va ta'sir choralari ko'rilgan bo'lib, natijada shu kunga qadar bo'lgan jami aliment qarzdorligi undiruvchi N.G. to'liq undirib berildi va farzandlarning moddiy extiyojlari birmuncha ta'minlanishiga erishildi.

loading...