O'zbekistonda «Burger King» fast-fudlar tarmog'i ochiladiv

0

O'zbekiston bozoriga «Burger King» gamburgerlarga ixtisoslashgan fast-fudlar tarmog'i kirib keladi. Bu haqda «Spot» xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, fast-fud tarmog'i «Burger King Uzbekistan» firma nomi va savdo belgisi ostida faoliyat yuritadi. Moskva ushbu ovqatlanish tarmog'ining franchayzeri (har qanday g'oya, korporativ identifikatsiya yoki brendga bo'lgan eksklyuziv huquqlarning egasi) hisoblanadi.

Ta'kidlanishicha, allaqachon «Burgerhouse» MChJ tashkil etilgan bo'lib, hozirda ishga qabul qilish jarayonlari boshlangan. Restoran xodimlari (direktori va menejerlari) uchun trening Moskvada bo'lib o'tishi ta'kidlangan. Restoran direktorlari uchun ish o'rinlari esa 2022 yil Toshkentda ochilishi rejalashtirilgan. Hozirda restoran joylari haqidagi ma'lumotlar mavjud emas.

Qayd etilishicha, «Burger King» uzoq vaqtdan beri O'zbekistonda o'zining intellektual mulkini himoya qilib kelgan, ammo 2021 yil yana ikkita savdo belgisini ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha ariza topshirgan. Hozirda arizalarni ko'rib chiqish ishlari olib borilmoqda.

bugun.uz

 

 

loading...