Germaniyada sayyohlar bo'lgan avtobus falokatga uchradi. 19 kishi jarohat oldi

0

Germaniyaning sharqida sayyohlik avtobusi falokatga uchradi. Natijada kamida 19 kishi jarohat oldi, ulardan uch nafari og'ir ahvolda, deb xabar beradi Moz.de.

Hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan 09:50 da Kottbus (Brandenburg) yaqinidagi A13 avtomagistralida sodir bo'lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, avtobus to'siqqa urilib, yon tomoniga qulagan.

Voqea joyiga oltita vertolyot, 30 ta tez yordam mashinasi va 22 ta o't o'chirish brigadasi yetib kelgan.

korrespondent.net

 

loading...