KUN KULGISI !!!

0

***

Chol kampiriga dedi:

— Kampir, jag'imni uzatib yubor!

— Nima qilasiz?

— Shu paytda seni bir tishlab olgim keldi.

 

***

— Tushunmadim. Qanday qilib shu keksa odamga turmushga chiqding-a?

— Dugonajon, qo'lingga qaerdandir pul kelib tushsa, qaysi fabrikada ishlab chiqarilgan ekan deb surishtirmaysan-ku!

 

***

— Hoy, otaxon, yetmishga kirib yigirma yashar qizga uylanishga uyalmadingizmi? Siz uchun juda yosh emasmi bu qiz?

— Shunaqa deng? Mayli, yana bir-ikki yil kutib turaman.

 

***

85 ga kirgan kampir internet orqali bir qariya bilan tanishib, uchrashuvga bordi va uchrashuvdan juda xafa qaytdi. Qizi undan so'radi:

— Nega xafasiz?

— Uch marta yuziga tarsaki tushirishimga to'g'ri keldi.

— Nima, tegajog'lik qildimi?

— Yo'q, jim qolaverganidan o'lib qoldimi deb o'ylabman.

 

***

— Yoshingiz oltmishda, otaxon. Ellik yashar ayol o'rniga o'n sakkiz yashar qiz qidirayapsiz. Bu o'z-o'zingizni o'ldirishingiz degani emasmi?

— Sen nimaniyam tushunarding? O'tmas pichoqdan azoblanib o'lgandan, o'tkir pichoq tig'i ostida tez o'lgan ma'qul.

 

***

Xotin erini urishayapti:

— Yana ichib keldingizmi? Sira tushuna olmayman. Qanday qilib har kuni ichaverish mumkin-a?

— Senga necha marta aytganman? Tushunmagan narsangni mulohaza qilma!..

 

***

— Dadasi, men do'konga chiqib ketayapman. Sizga mazaliroq biror nima olib kelaymi?

— Albatta. Faqat ehtiyot bo'l. Ko'chalar muzlagan. Tag'in sirpanib ketib sindirib qo'ymagin!

 

***

Hushyorxonaga qo'ng'iroq qilishdi.

— Sizlarga Eshmatovni olib kelishmadimi?

— Yo'q.

— Xa-xa-xa! Olib kelishmaydiyam! Men bugun uyda o'tirib ichayapman.

 

***

Erkak bir bidon pivo ko'tarib borardi. Xayolan uyga kelsa, maza qilib pivo ichish haqida o'ylayapti. Shu vaqt kutilmaganda bidon qo'lidan tushib qopqog'i ochilib ketdi-yu, ichidan jin chiqdi. Jin:

— Erkak, men bu bidon ichida ming yildan beri o'tirgandim. Sen meni qutqarib qolding. Tila tilagingni!

— Istaymanki, shu bidondagi pivo hech qachon tugamasin.

— Istaging bajo keltiriladi!..

Shundan beri erkak pivo to'la o'sha bidon qopqog'ini ocha olmay halak emish.

 

***

Ikki piyonista shimoliy qutbda turishardi. Sovqotganlaridan burnilarigacha oqarib ketgan. Shunda biri ikkinchisiga dedi:

— Eh, hozir… Muzdaygina pivo bo'lsaydi!..

 

***

Samolyot kabinasiga shirakayf uchuvchi kirib keldi. Qarasa, sherigi ham mast.

— Vey, biz navbati bilan ichishga kelishgandik-ku!..

Jimlik.

— Mayli, manzilga-ku, yetib boramiz. Lekin mashinani uyga kim haydab ketadi-a?

 

***

O'rta yashar er-xotinlar yonma-yon yotishardi. Xotini negadir erkaklangisi kelib dedi:

— Bir vaqtlar qo'limdan ushlab yurishni yoqtirardingiz…

Er uyqusirab uning qo'lini bir necha soniya ushlab turdi-da, teskari o'girildi.

— Men bilan o'pishishniyam xush ko'rardingiz.

Er sekin yuzidan o'pib o'qyib yana teskari o'girildi.

— Ba'zan tishlab olishniyam yoqtirardingiz.

Er jahl bilan o'rnidan turib ketdi.

— Voy, qayoqqa?

— Yasama tishlarimni olib kelishga!

 

loading...