Litvaga kelgan migrantlarda yuqumli teri kasalligi aniqlandi

0

Ma'lum qilinishicha, kasallik mamlakatning Alitus shahridagi avval aerodrom bo'lgan binoga joylashgan migrantlarda aniqlangan. Shahardagi «Alitus» kasalxonasi shifokorlari, shuningdek, oyoq, qorin va bosh og'rig'idan shikoyat qilgan 20 nafar noqonuniy migrantga ham yordam ko'rsatgan.

«Hamma narsani dezinfeksiya qilishga to'g'ri keldi. Bemorlar uchun dori sotib olindi», deyiladi xabarda.

Portal ma'lumotlariga ko'ra, migrantlar mamlakatning turli munitsipalitetlarida sog'liq muammolariga duch kelmoqda. Xususan, 20 nafar migrant joylashgan hududga 3 marta tez yordam chaqirilib, kasal migrantlar «Santariska» klinikasiga yetkazilgan.

Qayd etilishicha, chegara munitsipalitetlar merlari ayni paytda juda xavotirda. Chunki kasal migrantlarga kim g'amxo'rlik qilishi kerakligi aniq emas. Litva Sog'liqni saqlash vazirligi esa vaziyat jiddiyligini, ammo nazorat ostidaligini aytgan.

«Munitsipalitetlar birinchi va ikkinchi darajali xizmatlarni ko'rsatishi kerak. Og'ir kasallar chiqqan paytda esa transportni tashkillashtirishi lozim», — deydi Sog'liqni saqlash vazirligi kansleri Yurgita Grebenkovene.

Ma'lumot o'rnida, qo'tir bu — parazitar teri infeksiyasi bo'lib, qo'tir kanasi yoki qichitqisi (Sarcoptes scabiei) bilan terining shikastlanishi sababli kelib chiqadi. Patogen qo'zg'atuvchi ko'zga oq yoki sarg'ish, ko'knor urug'idan kattaroq bo'lmagan nuqta sifatida ko'rinib turadi.

Kasallik o'ta yuqumli bo'lib, inkubatsiya davri 14 kungacha. Qo'tir kasaliga chalingan odamning terisiga biroz teginish yetarli — qo'tir darrov yuqishi mumkin, qo'tirni davolash esa yoqimsiz va uzoq vaqt davom etadi.

Avvalroq Rossiyada 2 kishi kamyob gaff kasalligi alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgani xabar berilgan. Shuningdek, Italiyada yuzi va kaftlaridan qonli ter ajraladigan qizning kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingan va Rossiyada hayvonot bog'i ishchisi toshbaqadan xavfli kasallikni yuqtirib olgani aytilgandi.

loading...