Qibrayda bir oilada 5 kishi vahshiylarcha o'ldirildi. Jinoiy ish ochildi

0

Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanida 5 nafar shaxs qasddan o'ldirilganligi haqida xabarlar tarqalgan.

Bosh prokuraturaning ma'lumot berishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a, j» bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...