Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Adliya katta maslahatchisi Ismatullo Yo'ldoshev vafot etdi

0

Kecha, 29 iyul kuni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Ismatullo Yo'ldoshev 70 yoshida olamdan o'tdi. Bu haqda uyushma Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ismatullo Asadovich Yo'ldoshev 1953 yilda Urgut tumanida tug'ilgan. 1976 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zMU)ning Huquqshunoslik fakultetini tugatgan. 1969 yildan 2013 yilga qadar prokuratura organlarida mas'ul lavozimlarda ishlagan. Huquqshunoslik fanlari nomzodi. Adliya katta maslahatchisi.

Ismatullo Yo'ldoshevning “Yolg'izlik” (So'g'diyona – 1979), “Armonli dunyo” (Zarafshon – 1980), “Habib bo'lgin menga, muhabbat” (Zarafshon – 1990), “Havas” (Zarafshon – 2001), “Bunda tonglar kashf etar o'zni” (Zarafshon – 2002), “Bir hovuch oftob” (Zarafshon – 2004), “Ko'ngil yog'dusi” (Zarafshon – 2005), “Qalb charog'i” (Zarafshon – 2005), “Beshikdagi nur” (Zarafshon – 2007), “Rubeji jizni” (Zarafshon – 2007), “Mehr” (Zarafshon – 2009), “Ishq mehrobi” (Navro'z – 2012), “Umr devoni” (Sharq – 2012), “Na puti k istine” (Moskva, Olma Media Grupp – 2013), “O'zimni tinglab” (Zarafshon – 2014) singari kitoblari chop etilgan. 2007 yilda «Sharq» NMAKda she'rlar, ruboiylar, kinossenariylar, qissalar, badiha, risola va badiiy lavhalari jamlangan uch jilddan iborat “Tanlangan asarlar”i chop qilingan. 2004 yilda “Qabohatga qo'yilgan tuzoq”, 2005 yilda “Jumboq” qissalari asosida «O'zbektelefilm» tomonidan filmlar yaratilgan.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Ismatullo Yo'ldoshevning vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Janoza bugun, 30 iyul kuni soat 10:00da marhumning Samarqand shahridan Oqdaryo tumaniga borishdagi Zarafshon massivida joylashgan hovlisida o'qiladi.

loading...