Zangiotadagi shifoxonalarga ichimlik suvi yetishmayapti. Volontyorlar xayriya aksiyasiga qo'l urdi

0

Volontyorlar Zangiotadagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan kasalxonalarga suv sotib olish uchun mablag' yig'ishni yo'lga qo'ydi. Bu haqda Zamon.uz sayti xabar berdi.

Bemorlarning qarindoshlari ma'lum qilishicha, favqulodda suv yetishmovchiligi mavjud, deb yozadi Facebook'dagi Viktor Drukker ismli foydalanuvchi.

«Zangiotadagi kasalxona shifokorlariga kichik, ammo bemorlar uchun muhim bo'lgan muammoni hal etishga kuchimiz yetadi. Va bu ajablanarli emaski — suv. Oddiy ichimlik suvi, siz har kuni muzlatkichdan oladigan, yoki do'kondan xarid qiladigan, kulerdan stakanga quyiladigan suv. Atrofga qaramay ichasiz. Ularda esa favqulodda suv tanqisligi kuzatilmoqda. Mavjud suv — biz kundalik hayotda jo'mrakdan oqadigan 'qattiq' deb atovchi suvimiz bo'lib, uni qaynatishga ulgurishmayapti. Qaynatilmagan va qayta ishlmanmagan suv tabiiyki kuchsiz organizmga zarar yetkazadi, aks holda butilkadagi filtrlangan suvni nega xarid qilardik?!», — deya murojaat qiladi Facebook'dagi faollar.

Ta'kidlanishicha, Zangiotadagi kasalxonada davolanayotgan bemorlarni ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun har kuni 300 blok suv kerak — bu 4 million so'mga yaqin pul degani.

Ushbu xabarni yozish vaqtida yig'ilgan mablag' 3,3 million so'mdan ortiqni tashkil etgan, volontyorlar suvning birinchi partiyasini yetkazib berishni tashkillashtirgan.

Xabarda ta'kidlanishicha, hozirda bir butilka suvni bir kunda uch kishi ichmoqda. Shuningdek, volontyorlarning qo'shimcha qilishicha, suv bilan bog'liq taqsimlash markazlari — “O'zekspomarkaz”, “Yoshlik” va “Universal” sport komplekslarida ham kuzatilmoqda.

Mablag' yig'ilayotgan plastik kartaga oid ma'lumotlar bilan havola orqali tanishish mumkin.

loading...