ZO'RIQIShDAN DORILARSIZ XALOS BO'LING

0

To'g'ri nafas oling. Chuqur nafas olib, pufak puflagandek, nafas chiqaring. Xayolan ichingizdagi barcha noxush tuyg'ularni, qo'rquv yoki xavotirlaringizni shu pufakka puflab, kiriting. Pufakni uchirib yuboring. U bilan barcha noxushliklaringiz uchib ketayotganini his eting. Buni 2-3 marta takrorlang.

Nuqtalarni uqalang. Tanadagi kerakli faol nuqtani topib, uqalasangiz, tana o'zidan tinchlantiruvchi modda, ya'ni endorfin gormonini ishlab chiqaradi. Bu «sehrli» nuqta dahanning pastki qismining markazida hamda kaft ortining bosh va ko'rsatkich barmoqlar o'rtasida joylashgan.

Iliq vanna qabul qiling. Suv barcha narsalarni poklaganidek, yomon kayfiyat va charchoqni ham bartaraf eta oladi.

O'zingizni maqtab qo'ying. Masalan, o'zingiz haqingizda 30 ta yaxshi gap yozing. Kuchli tomonlaringizni aytib o'tishni unutmang. Bunda kamtarlik ham yaramaydi. Bu mashq o'zingizga bo'lgan ishonchni uyg'otadi hamda asabiy zo'riqishlarga chidamliligingizni oshiradi.

«To'xtab» qolmang. Ayniqsa, o'zgartirib bo'lmas voqea-hodisalar haqida o'ylayverib, o'zingizni qiynamang. Yig'lab-siqtab o'zingizni ayblagandan ko'ra, hozir va kelajakda nima qilish kerakligi haqida o'ylab ko'ring. Agar biron-bir narsani o'zgartirishning iloji bo'lsa, ko'p o'ylamay, ishga kirishing!

SOG’LOM HAYOT

loading...